Dunyoda ilk bor tirik donordan bemorga o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi
Yaponiyaning Kioto universiteti shifoxonasi tibbiy xodimlari dunyoda birinchi bo‘lib tirik donordan bemorga o‘pkani ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘pka qismlari koronavirus sababli zotiljamning og‘ir turidan aziyat chekayotgan ayolga ikki yaqin odami – eri va o‘g‘lidan ko‘chirib o‘tkazilgan.
Asahi Shimbun’ning xabar berishicha, ayolga o‘pkani ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti 11 soatga yaqin davom etgan.
Ayol 2020 yil oxirida koronavirusga chalingan va uning ahvoli tobora yomonlashib, o‘pkasining ikki tomoni ham ishlashdan to‘xtay boshlagan. Ayol ekstrakorporal membranali oksigenatsiyasi usuli bilan 3 oylik davolash kursidan keyin Kioto universiteti shifoxonasiga yotqizilgan. Ta'kidlanishicha, bemor hamda unga o‘pkasining bir qismini “ulashgan” eri va o‘g‘li ayni vaqtda o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Shifokorlarning aytishicha, ayol 3 oydan keyin to‘liq sog‘ayib ketishi mumkin.
“Dunyoda o‘pkaning ilk bor tirik donordan bemorga ko‘chirib o‘tkazilishi o‘pkasi jiddiy shikastlangan bemorlarni davolashdagi istiqbolli usul bo‘lishi kutilmoqda”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, o‘pkani tirik donordan 65 yoshga to‘lmagan va boshqa tana a'zolari shikastlanmagan bemorlargagina ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Ma'lum qilinishicha, hozirgacha Xitoy, Yevropa va AQShda o‘pkani ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha 40ga yaqin jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq ular davomida o‘pka qismi chuqur komada bo‘lganlardan olingan.
Mavzuga oid
15:00
Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
20:30 / 21.12.2024
Yaponiya kompaniyasi noyob ichimlik - kosmik sakeni tayyorlash niyatida
22:03 / 18.12.2024