Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi mamlakatning Donbass nizosi bo‘yicha rejasi haqida gapirdi
Nikolay Patrushevning fikricha, Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatning keskinlashishi mamlakat ichidagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq.
Rossiya Donbassdagi nizoga aralashishni rejalashtirmayapti, ammo vaziyatni kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev «Kommersant'» nashriga bergan intervyusida aytdi.
Jurnalistning «Rossiyaning Ukrainadagi nizoga ochiqchasiga aralashishi uchun bosib o‘tiladigan qandaydir «qizil chiziq» bormi?» degan savoliga Patrushev «Bunday reja tuzayotganimiz yo‘q» deb javob qaytardi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
«Voqealar rivojidan kelib chiqib, aniq choralar ko‘riladi», — dedi u.
Patrushevning fikricha, Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatning keskinlashishi mamlakat ichidagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq.
Donbassdagi vaziyat mart oxirlarida keskinlasha boshladi. Tomonlar bir-birini o‘q uzish, chegaraga harbiy texnika olib kelish va razvedka harakatlarida ayblamoqda.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43