Sport | 20:30 / 09.04.2021
8161
1 daqiqa o‘qiladi

Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi

Qozog‘iston Premer-ligasi 4-turi doirasidagi «Aqto‘be» - «Ordabasi» uchrashuvi voqealarga boy o‘tdi.

Uchrashuvda Yerlanov hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlarning o‘zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeyev maydon markazidan supergolga mualliflik qilib, farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1.

Birinchi bo‘lim 2:2 hisobida yakunlangach, 74-daqiqada Joao Paulo penaltidan mehmonlarni oldinga olib chiqdi, 86-daqiqada esa Nurmugamet hisobni 3:3ga keltirdi. 

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa dastlab Xijchenko 90+2-daqiqada «Ordabasi»ga go‘yo g‘alaba keltirgandi, ammo 90+4-daqiqada Yyerabek aqto‘beliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 4:4.

Natijada «Aqto‘be» ochkolari sonini 6taga yetkazib 5-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Ordabasi» 7 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
 
Qozog‘iston Premer-ligasi. 4-tur
«Aqto‘be» — «Ordabasi» 4:4
Gollar
: Yerlanov 12 (0:1), Sergeyev 27 (1:1), Joao Paulo 35 (1:2), Nurgaliyev 43 (2:2), Joao Paulo penalti 74 (2:3), Nurmugamet 86 (3:3), Xijnichenko 90+2 (3:4). Yyerabek 90+4 (4:4).

Mavzuga oid