O‘zbekistonda birinchi gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda
Joriy yil 14 aprel kuni “O‘zbekgidroenergo” rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mas'ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatda ilk bor gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini o‘rnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, shuningdek, o‘zaro amaliy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt.ga teng.
Ma'lumot uchun, EDF Fransiyadagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi eng yirik davlat kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.
Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES), nasosli akkumulyatsiyalovchi elektr stansiya — ishlash tarzi boshqa elektr stansiyalardan olinadigan elektr energiyasini suvning potensial energiyasiga aylantirib (akkumulyatsiyalab), keyin zarur bo‘lganda uni qayta elektr energiyaga aylantirib, energiya tizimi (energosistema)ga beradigan gidroelektr stansiya.
Mavzuga oid
13:54 / 06.12.2024
Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi
18:27 / 28.05.2024
Rossiya O‘zbekistonda ikkita GAES qurmoqchi
07:53 / 24.11.2023
Toshkentdan Xo‘jakentga poyezdlar qatnovi qisman tiklandi
15:22 / 08.11.2023