“Sharg‘un tog‘-kon servis” MChJga bajargan ishlari uchun pul to‘liq to‘lab berildi
“Kun.uz” saytida “Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorga pullarini bermagani sabab, qurib bitkazilgan qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyat ko‘rsatmayapti” sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Maqolada “Sharg‘un tog‘-kon servis” MChJ buyurtmani bajargan bo‘lsada, loyihada ko‘rsatilgan 1,2 mlrd so‘mni to‘liq ololmayotgani aytilgan.
Surxondaryo viloyat hokimligi ushbu maqolaga rasmiy munosabat bildirdi: “Yagona buyurtmachi xizmati” “Sharg‘un tog‘-kon servis” MChJ bilan 1,2 mlrd so‘mga shartnoma tuzib, Uzun tumanidagi 79-sonli qishloq oilaviy poliklikasining tez tibbiy yordam shoxobchasida rekonstruksiya ishlarini olib borgan.
2021 yilning 1 yanvarigacha “Sharg‘un tog‘-kon servis” MChJga 1,058 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Pudrat shartnomasiga asosan qolgan 173 mln qarzdorlik summasi 2021 yilning mart oyida to‘liq to‘lab berilgani, hozirgi kunda ushbu obekt bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligini ma'lum qilamiz", — deyiladi.
Mavzuga oid
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
14:10 / 04.11.2024
Polsha O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
13:00 / 11.10.2024
Ural Yusupov tog‘-kon sanoati vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
09:08 / 09.09.2022