Jamiyat | 20:00 / 21.04.2021
11173
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi

AKFA Universiteti O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari orasida birinchi bo‘lib Times Higher Education (THE)ning Impact Ranking reytingiga kirdi.

THE Impact Ranking reytingi bugun Buyuk Britaniyaning Times Higher Education tashkiloti tomonidan chop etildi. Ta'kidlash lozimki, Times Higher Education oliy ta'lim sohasiga oid muhim masalalarni yoritadi va universitet faoliyatlarini baholash bo‘yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi.

Reyting asosiy maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishda oliy ta'lim muassasalarining (OTM) ta'sirini baholashdan iboratdir. THE University Impact Rankings umumiy reytingida ishtirok etish uchun universitet kamida to‘rtta BRMni amalga oshirishda ishtirok etishi kerak. Shu o‘rinda, barcha universitetlar 17 maqsadda: Barqaror rivojlanishga erishish uchun manfaatli global hamkorlik – ishtirok etishlari shart. Ilk reyting 2019 yilda chop etilgan. 2020 yilda chop etilgan reyting barcha 17 ta BRMni qamrab olgan.

O‘z faoliyatini 2019 yilda boshlagan AKFA Universiteti ilk bor THE Impact Ranking reytingiga kirdi. Umumiy reytingda AKFA Universiteti 29,5 ball bilan 1001+ guruhiga kiritildi. THE University Impact Rankings umumiy reytingiga jami 1115 ta OTM kiritilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, AKFA Universiteti 17 ta BRMdan oltitasida ishtirok etdi:

  • BRM 1 – Qashshoqlikning barcha turlarini tugatish: 591 OTM orasida 301-400 o‘rin;
  • BRM 3 – Sog‘lom hayot va farovonlikni ta'minlash: 871 OTM orasida 801+ o‘rin;
  • BRM 5 – Gender tenglik: 776 OTM orasida 601+ o‘rin;
  • BRM 8 – Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta'minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish: 685 OTM orasida 401-600 o‘rin;
  • BRM 16 – Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta'minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish: 653 OTM orasida 401-600 o‘rin;
  • BRM 16 – Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish: 1154 OTM orasida 1001+ o‘rin.

– Bizning universitet jahon universitetlarining obro‘li reytingiga ilk bor kiritildi. Mazkur yutuq universitet jamoasi va asoschisi – AKFA Medline klinikasining mehnati natijasidir. Endilikda bizning maqsadimiz THE Impact Ranking reytingida o‘rnimizni yanada ko‘tarish va dunyoning eng yaxshi OTMlari reytingi — THE World University Rankings’ga kirishdan iboratdir, - deb ta'kidladi AKFA Universiteti rektori Behzod Djalilov.

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 2030 yilga qadar erishiladigan xalqaro hamkorlikning 17 ta maqsadlari to‘plamidir. BRMlar barcha millatlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, tengsizlik, qashshoqlik, ochlik va global iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarning ta'lim, ichimlik suvi, ish va arzon energiya ta'minotini yaxshilash, ijtimoiy adolat va tinchlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan. Maqsadlar Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.

Batafsil ma'lumot: akfauniversity.org/akfa-university-included-in-the-times-higher-education-impact-ranking

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid