O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 34,7 millionga yetdi
2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 695 600 kishini tashkil etdi. Aholi soni yil boshidan buyon 136 700 kishiga yoki 0,4 foizga ko‘paydi.
Statqo‘m axborotiga ko‘ra, respublikada shahar aholisi soni 17 581 600 kishini (jami aholining 50,7 foizi), qishloq aholisi soni 17 114 000 kishi (49,3 foiz)ni tashkil etmoqda.
Hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida (11,4 foiz) kuzatilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (11,1 foiz), Qashqadaryo 9,6 (foiz) va Andijon (9,2 foiz) viloyatlari qayd etilgan.
Shuningdek, 1 aprel holatiga respublika doimiy aholisi sonining 31 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2021 yil birinchi choragida O‘zbekistonda 179 800 nafar bola tug‘ildi va chaqaloqlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,9 promillega oshdi.
Doimiy aholi soni yil oxirigacha 35 milliondan oshishi kutilmoqda.
O‘lim darajasi 0,2 promillega oshdi
2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 39 600 ta o‘lim qayd etildi. Har ming aholiga o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 0,2 promillega oshgani kuzatildi.
2021 yilning yanvar-mart oylarida har ming aholiga nisbatan eng ko‘p o‘lim holati Toshkent shahrida (5,8 promille) kuzatildi. Eng kam vafot etish holatlari esa Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida (4,1 promille) aniqlandi.
O‘tgan 3 oyda qayd etilgan o‘lim holatlari:
- 60,9 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklari;
- 9,4 foizi – o‘simtalar;
- 5,7 foizi – baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar;
- 5,1 foizi – ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari;
- 4,7 foizi – nafas olish a'zolari kasalliklari;
- 2,1 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklar;
- 12,1 foizi esa boshqa kasalliklar sabab yuz bergan.
Ro‘yxatga olingan bir yoshgacha vafot etgan bolalarning 56,4 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,3 foizi nafas olish a'zolari kasalliklari, 13,1 foizi tug‘ma anomaliyalar, 3,6 foizi yuqumli va parazitar kasalliklar, 2,1 foizi baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 0,9 foizi ovqat hazm qilish a'zolari va 5,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Mavzuga oid
13:24
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024