Jizzaxda bankdan 1 million yevro kredit olib berishini aytib fuqarodan 27 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jizzax viloyatida bankdan 1 million yevro kredit olib berishini aytib fuqarodan 98 million so‘m va 27 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.Q. va boshqalar fuqaro J.ning ishonchiga kirib, firibgarlik qilganlari aniqlangan.
Jumladan, ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Angren shahrida qurilish ishlarini bajarish uchun tegishli hujjatlarni olib berish hamda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun bankdan 1 million yevro kredit olib berish evaziga J.ning 98 million so‘m va 27 ming dollar pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Sh.Q. va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:02 / 10.01.2025
Markaziy Bank telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berilishi oqibatida kartadan pul yechilmasligini ma’lum qildi
15:21 / 10.01.2025
Tanqiddan so‘ng: Navoiyda 167 xonadonli “novostroyka”ni 425 kishiga sotgan quruvchi qamoqqa olindi
17:13 / 08.01.2025
“Umid avto” rahbari qamoqqa olindi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda
12:11 / 08.01.2025