O‘zbekiston | 13:57 / 26.04.2021
10086
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Toshkentdagi har bir mahallaga 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilayotgan an'anaviy brifingda ma'lum qilishicha, Yashnobod tumanidagi “Parvoz” mahallasi namuna sifatida olinadi.

“Davlat rahbari Yashnobod tumanida avval ahvoli og‘ir bo‘lgan “Parvoz” mahallasiga ham bordi. Bugun vaziyat butunlay o‘zgargan. “Obod mahalla” siyosatini amalga oshirish natijasida bu mahallaning qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining osuda yashashi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hamma joy toza, tartibli. 

Prezidentimiz mahalla bo‘ylab yurib, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar va nuroniylar, ayollar, bolalar bilan suhbatlashdilar. Juda ham samimiy muloqotlar bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga “Parvoz” mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Buning uchun har bir mahallaga, hozirgi holatidan kelib chiqib, o‘rtacha 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berdilar”, deya Sherzod Asadovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid