MDHda sohaga ixtisoslashgan 34ta oliygoh: ilk xalqaro anjuman nega Toshkent davlat transport universitetida o‘tkazildi?
MDH davlatlarining Koordinatsion transport birlashmasi ko‘magi bilan Toshkent davlat transport universitetida “Transport: dolzarb masalalar va innovatsiyalar” mavzusida I xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkin, MDH davlatlari Koordinatsion transport birlashmasiga unga a'zo 9 davlatning transport sohasidagi 34ta oliygoh hamda 21ta ilmiy tadqiqot muassasalari qamrab olingan. Xususan, Toshkent davlat transport universiteti ham mazkur birlashma a'zosi.
Ushbu xalqaro anjumanning maqsadi – MDH makonida samarali integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirishda ta'lim va ilmiy hamkorlik istiqbollarini belgilash, transport va kommunikatsiya sohasi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy asoslangan innovatsion g‘oya va ishlanmalarni yaratishdan iborat.
Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov ilk marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Anjuman ochilishida MDH mamlakatlarining 100 nafardan ortiq nufuzli universitetlari rektorlari, olimlar, mutaxassislar hamda transport va logistika kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
– Toshkent davlat transport universiteti tashabbusi bilan MDH davlatlari transport sohasi vakillari va olimlarining muloqoti tashkil etilganini kutilgan jarayon deb hisoblayman, – dedi Rossiya Federatsiyasi Sibir davlat transport universiteti professori Anatoliy Davidov. – Asli o‘zbekistonlik bo‘lganim bois, bu universitet tashkil etilgan ilk kundan faoliyatini kuzatib boryapman. Universitetning g‘oyalari xalqaro hamkorlar va yuksak innovatsiyalarga ehtiyoj sezayotganini his qilib turibman. Men rahbarlik qilayotgan transport iqtisodiyoti kafedrasi 2020 yil Rossiyaning eng yaxshi iqtisodiyot kafedrasi maqomiga ega bo‘ldi. Toshkent davlat transport universitetining turdosh kafedrasi bilan har tomonlama hamkorlik qilish istagini bildirmoqchiman.
Ilk bora o‘tkazilgan xalqaro anjuman o‘z maqsadini to‘la oqladi, deyish mumkin. Anjuman davomida sohaga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yutuqlarni ommalashtirish, muntazam tajriba almashishga kelishib oldilar.
Toshkent davlat transport universiteti matbuot xizmati
Mavzuga oid
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
18:28 / 06.12.2024
Qirg‘izistondagi shaharda barcha jamoat joylari bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi
16:39 / 26.11.2024
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
16:12 / 22.11.2024