Isroilda diniy bayram vaqtida yuz bergan tiqilinchda 44 kishi halok bo‘ldi
Isroilda Meron tog‘i yaqinida Lag ba-Omer deb nomlangan diniy bayram nishonlanishi vaqtida voqea joyidagi tribunalardan biri qulashidan keyin yuz bergan tiqilinchda kamida 44 kishi halok bo‘ldi, 100dan ko‘proq odam jarohat oldi.
The Jerusalem Post nashrining xabar berishicha, jarohatlanganlardan 20dan ko‘prog‘ining ahvoli og‘ir.
Bu orada politsiyadagi manbalarning xabar berishicha, tiqilinch bir necha kishi zinalardan tushayotganda qoqilib ketishi oqibatida yuzaga kelgan.
Voqea yuz bergandan keyin Isroil politsiyasi hududdagi harakatni to‘xtatib, odamlarni evakuatsiya qilishni boshlagan. Isroil armiyasi yordam ko‘rsatish maqsadida voqea joyiga qutqaruv brigadasi askarlari va vertolyotlarni yuborgan.
Ta'kidlanishicha, bayramda 100 mingga yaqin odam ishtirok etgan va bu pandemiya boshidan beri Isroilda o‘tkazilgan eng yirik tadbir bo‘lgan. Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu yuz bergan voqeani «dahshatli falokat» deb atagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Lag ba-Omer bayrami yahudiy oy taqvimi bo‘yicha iyar oyining 18-sanasida nishonlanadi. Joriy yilda ushbu bayram 29 apreldan 30 aprelga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelgan. Bayram I asr oxiri — II asr boshlarida yashagan yahudiy ilohiyotchisi Akivaning minglab o‘quvchilari o‘limiga sabab bo‘lgan epidemiya to‘xtaganini yod olish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun quyosh botgandan keyin gulxanlar yoqilib, qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushiladi.
Mavzuga oid
14:07
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024