Bojxona to‘lovidan qochish uchun qing‘irlik qilmoqchi bo‘lgan shaxslarning siri fosh bo‘ldi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar R.S. va B.D. nomiga chetdan keltirilgan avtokranning hujjatlarida texnikalar 2020 va 2018 yillarda ishlab chiqarilganligini ko‘rsatib, katta miqdorda bojxona to‘lovlarini yashirmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Olib borilgan ekspertizada ushbu texnikalar shassisida qo‘lbola usulda bajarilgan payvandlash izlari aniqlangan, kran kabinasidagi ma'lumotlar bitilgan yorliqlar ham qalbakilashtirilganligi ma'lum bo‘ldi.
Ma'lumotlarni soxtalashtirish orqali yuk egalari bojxona to‘lovlaridan foydalangan 7 mlrd 422 mln so‘mlik imtiyozlar bekor qilinib, to‘lovlar qayta hisoblandi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi
21:58 / 20.05.2024
Bojxonachilar qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatishdi
15:56 / 17.02.2024
Bojxona postida O‘zbekistonga to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
12:07 / 02.12.2023