Turkiya Sharqiy Quddusga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyorligini bildirdi
Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 19 mamlakat yetakchilari bilan Quddus va Falastinning boshqa shaharlaridagi voqealarni muhokama qilganini aytgandi.
Turkiya o‘z harbiylarini xalqaro tinchlikparvar kuchlar tarkibida Sharqiy Quddusga jo‘natishga tayyor, ammo hozircha parlamentga bu borada so‘rov kelib tushmadi, dedi Turkiya parlamentining xalqaro ishlar bo‘yicha komissiyasi raisi o‘rinbosari Ahmad Barot Cho‘nkar.
«Agar harbiylarimizni xalqaro tinchlikparvar kuchlar tarkibida Sharqiy Quddusga yuborish qarori qabul qilinsa, hukumat parlament ruxsatini olishi kerak. Hozircha parlamentga harbiylarni Sharqiy Quddusga jo‘natishga ruxsat berish to‘g‘risida so‘rov kelib tushmadi. Hukumat buning ustida ishlayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bizga so‘rov kelib tushadimi, hozircha noma'lum», dedi deputat.
Uning qayd etishicha, Turkiya hukumati bu borada boshqa davlatlar va Islom hamkorligi tashkiloti bilan muzokaralar olib bormoqda.
«Menimcha, tinchlikparvar kuchlarga zarurat bor. Agar parlamentga ana shunday so‘rov tushadigan bo‘lsa, u ma'qullanadi», dedi Cho‘nkar.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara falastinliklarni ham Ozarboyjon kabi qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024