Jahon | 18:43 / 15.05.2021
17894
1 daqiqa o‘qiladi

HAMAS Tel-Avivga yarim yil davomida zarba berishga tayyorligini e'lon qildi

Avvalroq “Izzaddin al-Qassam brigadalari” Tel-Aviv yo‘nalishida bir necha o‘nlab raketalarni uchirganini ma'lum qilgandi.

Foto: AFP

HAMASning jangovar qanoti “Izzaddin al-Qassam brigadalari” Isroilning Tel-Aviv shahriga olti oy davomida zarba berishga tayyorligini e'lon qildi. Bu haqda Donia Al-Watan radiostansiyasi xabar bermoqda.

"Biz Tel-Avivga olti oy davomida zarba berishga tayyormiz", - deya harakat vakili Abu Ubaydning so‘zlaridan iqtibos keltiradi radiostansiya.

Avvalroq “Izzaddin al-Qassam brigadalari” Tel-Aviv yo‘nalishida bir necha o‘nlab raketalarni uchirganini ma'lum qilgandi. Isroilning Kan radiosi xabariga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

G‘azo sektori va Isroil o‘rtasidagi o‘zaro raketa otishmalari 10 maydan buyon davom etmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishmalar natijasida Isroil tomondan 10 kishi, Falastin tomondan 139 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid