O‘zbekiston | 12:29 / 15.05.2021
2394
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tumaniga 40 000 KvA quvvatga ega bo‘lgan elektr transformator punkti o‘rnatilmoqda

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi “Yaypan” nimstansiyasiga quvvati 40 000 KvA bo‘lgan yangi elektr transformatori olib kelingan. U viloyatda bitta ekani aytilmoqda. 

O‘zbekiston tumanidagi 110/35/10 kVli “Yaypan” nimstansiyasiga 40 000 KvA quvvatga ega bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatilmoqda. Ta'kidlanishicha, viloyatda yagona deya hisoblanayotgan ushbu ulkan quvvatli transformator punktining qiymati 7,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

“Farg‘ona” HETK FJ matbuot xizmatidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur yangi TPni o‘rnatish ishlari kecha 14 may kuni boshlangan. Jarayonga 50 dan ortiq mutaxassis, maxsus texnika va kranlar jalb etilgan. Yangi transformator 15 may kuni to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

TP to‘liq ishga tushishi bilan 20 mingdan ortiq aholi xonadoni va 150 dan ortiq ulgurji iste'molchiga sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanishi ma'lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston tumanidagi “Yaypan” nimstansiyasi favqulodda avariyali holatda o‘chib, tumandagi o‘ndan ortiq qishloq sutkalab elektr energiyasisiz qolgan edi.

Mavzuga oid