DSQ binosi oldidagi piyodalar yo‘lagi ta'mirlash uchun yopildi. Odamlar katta yo‘ldan yurishga majbur
Toshkent shahri markazida, Davlat soliq qo‘mitasi binosi oldidagi piyodalar yo‘lagi ta'mirlash uchun yopildi. Ta'mirlash 23 maygacha tugashi aytildi. Ungacha esa piyodalar avtomobil yo‘lidan yurishga majbur bo‘lmoqda.
Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy ko‘chasida, Davlat soliq qo‘mitasi va Yosh tomoshabinlar teatri qarshisidagi piyodalar yo‘lagi ta'mirlash uchun yopildi.
Ta'mir paytida piyodalar avtomobil qatnov yo‘lidan yurishga majbur bo‘lmoqda.
Kun.uz qo‘mita matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga ko‘ra, ta'mirlash ishlari ertaga, 23 may kuni yakunlanadi.
«Yosh tomoshabinlar teatri oldidan qo‘mita hududi tugagan joygacha obodonlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati binosi panjarasidan avtoturargohgacha bo‘lgan joydagi piyodalar yo‘lagi ancha eskirib ketgandi va bu yo‘lovchilarga noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.
Bugundan ta'mirlash ishlari boshlandi va ertaga, 23 may kuni yakunlanadi», – dedi DSQ matbuot kotibi Muzaffar Nazarov.
Piyodalar yo‘lagi yonidan velosiped yo‘lagi ham qurilmoqda. Yo‘lga yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
16:12 / 06.12.2024
Piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun yangi yo‘l belgisi joriy etiladi
19:21 / 15.08.2024
YHXB tartibga solinmagan o‘tish joyidan o‘tayotganda - piyodalardan qo‘llarini baland ko‘tarishni so‘radi
18:32 / 26.11.2023
O‘lim bilan o‘ynashish: yo‘llarda piyodalar o‘zlarini qanday tutishmoqda?
15:36 / 23.11.2023