Jahon | 21:42 / 22.05.2021
8498
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar parranda grippi pandemiyasi xavfi haqida ogohlantirishdi

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, parranda grippining yangi shtammi birinchi marta 2010 yilda Xitoyda aniqlangan. 2014 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya, 2016 yilda Hindiston, Rossiya, Mongoliya, AQSh va Yevropada parrandalar orasida kasallik avj olishi kuzatilgan.

Foto: Global Look Press/Lui Siu Wai

Xitoylik olimlar H5N8 parranda grippi virusining tarkibi va mutatsiyalari tarixi yana bir pandemiyaga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Medical Xpress saytida e'lon qilingan tadqiqot xulosasida aytilmoqda.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, parranda grippining yangi shtammi birinchi marta 2010 yilda Xitoyda aniqlangan. 2014 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya, 2016 yilda Hindiston, Rossiya, Mongoliya, AQSh va Yevropada parrandalar orasida kasallik avj olishi kuzatilgan.

«2020 yilda kasallik avj olishi 46 mamlakatda qayd etildi. Olimlarning fikricha, bu virus juda tez tarqalish xususiyatiga egaligini bildiradi. O‘tgan yil dekabrda Rossiyadagi qishloq xo‘jaligi ishchilarida kesishma infeksiyalar aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlar yanada xavotirli», — deyiladi maqolada.

Tadqiqotchilarning bildirishicha, ishchilarda parranda grippi simptomlari aniqlanmagan. Shuningdek, virusning odamdan odamga yuqishi kuzatilmagan.

Shu bilan birga, olimlar parranda grippi virusi mutatsiyasining kasallik chaqirish xususiyati yuqori ekanini hamda kasallik tarqalishini ferma va bozorlarda kuchli nazorat olib borish orqali sekinlashtirish mumkinligini aytishmoqda.

Mavzuga oid