Minsk aeroporti Lufthansa aviakompaniyasining samolyoti terakt xavfi sababli tekshiruvdan o‘tkazilayotganini ma'lum qildi
Xabar qilinishicha, aeroport elektron pochtasiga Minsk-Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan reysga nisbatan terrorchilik harakati sodir etilishi to‘g‘risida noma'lum shaxslardan ma'lumot kelib tushgan.
Terakt tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi xabar sababli Lufthansa aviakompaniyasining Frankfurtga parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyot Minskdagi milliy aeroportdan belgilangan jadval bo‘yicha uchmadi.
"Milliy aeroport elektron pochtasiga Lufthansa aviakompaniyasining Minsk-Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha LH1487 reysiga nisbatan terrorchilik harakati sodir etilishi to‘g‘risida noma'lum shaxslardan xabar kelib tushdi. Parvoz 14:20ga belgilangandi. Mazkur reysga yo‘lovchilar chiqishi to‘xtatildi", - deb xabar berdi aeroport matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, hozirda samolyot tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Minsk aeroporti matbuot xizmati Afinadan Vilnyusga uchgan samolyot «minalashtirish» haqidagi xabardan so‘ng majburan qo‘ndirilganini ma'lum qilgandi.
Samolyot minalashtirilgani to‘g‘risidagi xabar tasdiqlanmadi va Belarus tergov qo‘mitasi bu ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Samolyot bortida Belarusda ekstremistik deb tan olingan NEXTA Telegram-kanalining sobiq muharriri va asoschilaridan biri Roman Protasevich bor edi. U qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
13:27 / 17.12.2024
YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024