O‘zbekiston | 15:53 / 27.05.2021
2732
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida 9 mlrd so‘mlik noqonuniy olib kirishga urinilgan tovarlar to‘xtatib qolindi

Toshkent shahrida noqonuniy yo‘llar bilan tovarlarni olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda.

 Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yirik miqdordagi tovarlarning yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelishining oldi olindi. Jumladan, bojxona postiga xorijdan qiymati 406 ming dollardan ortiq 3 turdagi tovarlar keltirilgan.

Mazkur tovarlarga elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasidagi “O‘simlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlariningtashqi iqtisodiy faoliyat tovar kodlarida shubha uyg‘onganligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. 

Tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida tovar qadog‘i ustlariga qo‘lbola tarzda tovar yorliqlari yopishtirilganligi aniqlangan. Shuningdek, o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur tovarlarning tovar kodlari noto‘g‘ri tasniflanishi natijasida 1 mlrd 72 mln so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Natijada, qiymati 9 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 48 952 quti “o‘simlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid