“Bolam uchun jigarimni berayapman, bor narsamizni sotdik...” – Shukrulloning farzandlari yetim qolmasin
Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi Shukrullo Hayitov 2 yildan beri jigar sirrozi kasalligi bilan kurashib yashamoqda. Bugun u siz-u biz kabi saxovatpesha insonlar yordamiga muhtoj.
Shukrullo 2019 yildan beri jigar sirrozi hamda qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishidan aziyat chekmoqda.
“Ikki yildan beri ushbu kasallik bilan davolanib kelmoqdaman. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida har ikki-uch oyda davolanib turibman. Hech qanday natija bo‘lmayapti. Shu yil fevral oyida ko‘ngil aynib, bosh og‘rig‘i boshlanib, qon qusa boshladim. Shundan so‘ng uydagilar Toshkentga, Vohidov nomidagi shifoxonaga olib borishdi. U yerda doktorlar jigar sirrozi tashxisini qo‘yishdi. Avvalari davolanib yuraverib, bunaqa kasallik paydo bo‘lganini bilmay qolibman. Yoshligimda gepatitga chalingandim.
Shifokorlar jigar ko‘chirib o‘tkazish kerak, deyishdi. Bunga juda katta mablag‘ ketar ekan. Pulimiz yetmayapti. Uyimizda bor narsalarni sotdik. Onamning jigarlari to‘g‘ri kelar ekan. O‘zlari donorlik qilmoqchi”, – deydi Shukrullo Hayitov.
Bemorning onasi Zulxumor Navro‘zova ham yaxshilarning ko‘mak berishidan umidvor.
“Shu o‘g‘lim tuzalib ketishi uchun jigarim tugul jonimniyam berishga tayyorman. Farzandlarining boshiga hammavaqt sog‘ bo‘lib yurishini xohlayman. Yurtimizdagi saxovatpesha insonlardan iltimos qilib so‘rayman, shu farzandim uchun yordam qiling”, – deydi u.
Dard bilan kurashayotgan bemor va uning yaqinlariga hozirgi kunda nechog‘lik mushkulligini his qilishning o‘zi og‘ir. Shukurullo birodarimizgayam yaxshi insonlar yordam qo‘lini cho‘zishlaridan umidvormiz.
Bemor Shukrullo Hayitovga oid ma'lumotlar:
Uzcard: 8600 0423 8172 5141 Shukurullo Hayitov nomida
Sberbank: 5336690172320121 Nasim Dilliyev nomida.
Telefon: +998993503191
Doston Rahmatov tayyorladi,
Montajchi Doniyor Yakubov.
Mavzuga oid
12:03 / 28.11.2024
Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024