O‘zbekiston | 12:00 / 02.06.2021
15495
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Assalom Havo: maftunkor tabiat bilan uyg‘unlikda yashash

Golden House kompaniyasi boshlang‘ich savdosi 226 million so‘mdan boshlanuvchi, to‘liq ta'mirdan chiqarilgan Assalom Havo turar joy majmuasidagi qulay xonadonlarning sotuvi boshlanganini e'lon qiladi.

Golden House'ning yangi ekologik jihatdan toza va shinam turar joy majmuasi Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan. Loyiha zamonaviy jo‘shqin shahar hayoti bilan birga maftunkor tabiatning o‘ziga xos sokinligini ham o‘zida jamlay olgan. Shu tarzda poytaxt markazidan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan mazkur majmua bo‘lajak aholisi hayotiga farovonlik, erkinlik va musaffo havo bag‘ishlaydi. Ta'kidlash joizki, majmua nomining o‘ziyoq uning asosiy tamoyillarini aniq belgilab beradi. “Havo” so‘zining o‘zi atrof-muhitning toza kislorod, musaffo havo bilan boy ekanligini bildiradi.

Assalom Havo majmuasi umumiy maydoni 2,12 gektarga teng bo‘lgan hududni qamrab olgan 8 ta 5 qavatli inshootdan iborat. Puxta o‘ylangan mualliflik me'morchiligi va zamonaviy yechimlari bilan kishilarni o‘ziga jalb qila oladi. Developer yevropacha uslubdagi standart talablariga muvofiq ko‘chmas mulkni juda maqbul narxlarda taklif qiladi, xorijda mashhur bo‘lgan bunday loyiha Toshkentdagi ilk eksklyuziv tajriba desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur kvartaldagi majmua binosining zamonaviy tashqi fasad qismi va o‘ziga xos balkonlari bilan ajralib turadi. Bu yerdagi bo‘lg‘usi xonadon sohiblari baxtli va farovon hayot kechirishlari mumkin. Baland va mustahkam derazalar tufayli xonadonlar tabiiy yorug‘lik va sof havo bilan ta'minlanadi.

Xonadonlar zamonaviy va mustahkam qurilish tamoyillari tufayli qish mavsumida issiq, yozda esa salqin bo‘ladi. Har bir xonadonga alohida isitish radiatorlari va individual ikki konturli gaz qozonlari o‘rnatiladi. Shunisi e'tiborga molikki, energiya tejovchi uch qavatli tashqi devorlar maxsus yig‘ma-monolit texnologiyasiga asoslangan holda amalga oshiriladi.

Xonadonlar tayyor ta'mirlangan holda taqdim etiladi. Mazkur turar joy majmuasi nafaqat ekologik jihatdan toza havosi va obodonlashtirilgan yashil maydonli hududi bilan, balki qulay joylashuvi va infratuzilmasi bilan ham mijozlarni xushnud etadi. Boisi, barcha zarur obektlar yaqin masofada joylashgan. Xaridlar uchun avtomashinangizda besh daqiqada yetib borish imkoni bo‘lgan “Aviasozlar” (“Kadysheva”) bozori hamda Korzinka supermarketi juda qulay. Bundan tashqari, majmua hududiga yaqin masofada joylashgan do‘konlar, banklar, go‘zallik salonlari, fitnes markazlari, dorixona, kafelar va restoranlar ham alohida e'tiborga loyiq. Shuningdek, yaqin atrofda joylashgan (“4-Bekat”) metro bekati yangi xonadon sohiblari uchun ayni muddao bo‘ladi.

Ota-onalarni xursand qilish maqsadida turar joy majmuasi hududi atrofida bir qancha o‘rta ta'lim maktablari, futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati bor ekanligini alohida aytib o‘tamiz. Farzandlaringizga bolalar musiqa maktabi, kichkintoylaringiz uchun esa barcha shart-sharoitlarga ega bog‘chalar manzur bo‘lishi shubhasiz.

Majmuaning joylashuvi borasidagi afzalliklarni e'tirof etishda davom etgan holda mazkur hududda o‘nlab xususiy va davlat tibbiyot klinikalari, sog‘liqni saqlash markazlari, sport va fitnes klublari bor. Qo‘shimcha ravishda Koreya madaniyat markazi, “Baxt ko‘li” va golf klubi ham mavjudligini eslatib o‘tamiz.

Golden House o‘z mijozlariga har doimgidek ko‘chmas mulk xarid qilishning qulay shartlarini taklif etadi. Bundan tashqari, mijozlarda xonadon uchun to‘lovni 12 oylik muddatda bo‘lib to‘lash kabi ajoyib imkoniyat ham mavjud.

Yana bir yangilik: Assalom Havo majmuasi ham “Assalom, Turkiya!” aksiyasiga qo‘shiladi — 12 iyunga qadar Assalom Havo TJMdan xonadon xarid qiling va Turkiyaga yo‘llanma yutib olish imkonini beruvchi aksiyada ishtirok eting!

Assalom Havo bilan baxtli va yorqin kelajak sari!

Call-markaz: +99878-150-11-11

Cayt: gh.uz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid