O‘zbekiston | 09:17 / 03.06.2021
16553
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkentdagi qurilishlar juda katta miqdorda qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda» - «O‘zgidromet»

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda tez-tez kuzatilayotgan qum bo‘ronlari paydo bo‘lishining sabablarini tushuntirdi.

“Barchaga yaxshi ma'lumki, kuchli jala yomg‘irlari kuzatilganda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel toshqinlari vujudga keladi. Changli bo‘ron – bu atmosfera hodisasi bo‘lib, Yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarning kuchli shamol ta'sirida ko‘tarilishidir. Bizning hududimizda bunday jarayonlar ko‘pincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyoning barcha hududlari uchun changli bo‘ron juda tez-tez uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha bunday hodisalar qurg‘oqchil joylarda - cho‘l va yarim cho‘l hududlarda sodir bo‘ladi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Toshkentda ham 29 may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron kuzatildi. 

“Toshkent qurg‘oqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda va Toshkent shahrida jadal sur'atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi”, deyiladi “O‘zgidromet” xabarida.

Bildirilishicha, Qo‘shrabot (Samarqand viloyati) meteostansiyasida soat taxminan 15:18larda shimoli-g‘arbdan kuchli shamol boshlanib, 20 m/s gacha yetgan, shuning oqibatida qumli bo‘ron ko‘tarilgan va taxminan 16:20larda tingan.

Mavzuga oid