Jahon | 16:47 / 05.06.2021
6877
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya hukumati Kopenhagen yaqinida sun'iy orol barpo etilishiga ruxsat berdi

Maydoni 2,8 kv. km bo‘lgan orolda 35 ming nafargacha aholi yashashi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: DANISH GOVERNMENT

Daniya parlamenti a'zolari Kopenhagen yaqinida sun'iy orol barpo etish rejasini ma'qulladi, deb xabar berdi "Bi-bi-si".

Linettholm oroli katta yer bilan yo‘l, tunnel va metro orqali birlashtiriladi.

Maydoni 2,8 kv. km bo‘lgan orolda 35 ming nafargacha aholi yashashi ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha mualliflarining fikricha, sun'iy orol Kopenhagen portini dengiz sathi ko‘tarilishidan ham himoya qiladi.   

Avvalroq ekologlar mazkur loyihaga qarshi chiqqan, ish Yevropa sudigacha yetib borgandi.

"Bi-bi-si"ning yozishicha, qurilish reja bo‘yicha ketadigan bo‘lsa, 2035 yilgacha orolning asosini tiklash ishlari nihoyasiga yetadi, loyihaning o‘zi esa 2070 yilda to‘liq yakunlanadi.

Mavzuga oid