Jahon | 09:08 / 07.06.2021
6517
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh vitse-prezidentining Lotin Amerikasiga uchgan samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

Foto: Reuters

Bortida AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris bo‘lgan samolyot Lotin Amerikasiga parvoz vaqtida texnik nosozlik sabab Merilend shtatidagi Endryus aviabazasiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Harrisning rasmiy vakili Simona Sandersga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Samolyot aviabazaga qo‘ngandan bir soatcha o‘tib Harris boshqa samolyotda belgilangan manzilga uchib ketgan. Nosozlik sababi ma'lum qilinmagan.

Harris AQSh vitse-prezidenti sifatida ilk xorijiy safarini amalga oshirmoqda. U to‘xtaydigan birinchi davlatlar Gvatemala va Meksika bo‘ladi.

2020 yil sentyabrda AQShning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens samolyoti Gilford shahridan (Nyu-Hempshir shtati) Vashingtonga qaytayotganda qush bilan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida samolyot ortga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq Pens Vashingtonga yuk samolyotida uchib ketgan. 

Mavzuga oid