Ko‘chmas mulk obektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Respublika ko‘chmas mulk obektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga ko‘ra, respublika ko‘chmas mulk obektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.
Respublika ko‘chmas mulk obekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.
Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk obekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- respublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
- manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).
Murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart:
- respublika ko‘chmas mulk obekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;
- obektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.
Mavzuga oid
08:14 / 20.12.2024
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi
18:15 / 14.10.2024
Uy sotib olishga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etyapti
19:02 / 27.09.2024
Uyning eng arzon ijarasi Turkmanistonda, qimmati – Qozog‘istonda
21:05 / 16.09.2024