Kiberhujumga uchragan JBS USA kompaniyasi hakerlarga 11 mln dollar to‘lashga majbur bo‘ldi
JBS USA kompaniyasi 30 may kuni kiberhujumga uchradi. Natijada kompaniyaning Shimoliy Amerika va Avstraliyadagi bo‘linmalari axborot tizimida jiddiy uzilishlar paydo bo‘ldi.
Go‘sht ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi JBS USA kompaniyasi hakerlarga 11 mln dollar to‘laganini ma'lum qildi.
"JBS USA 11 mln dollar to‘laganini tasdiqlaydi. Bu kompaniyamiz uchun juda og‘ir qaror bo‘ldi. Ammo mijozlarimiz uchun ehtimoliy xatarlarning oldini olish uchun ushbu qaror qabul qilindi", – deyiladi kompaniya saytida.
JBS USA kompaniyasi – dunyodagi eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchi Braziliyaning JBS S.A kompaniyasi filiali. Kompaniya 30 may kuni kiberhujumga uchradi. Natijada kompaniyaning Shimoliy Amerika va Avstraliyadagi bo‘linmalari axborot tizimida jiddiy uzilishlar paydo bo‘ldi.
FQB ushbu hujumlarni REvil va Sodinokibi guruhlari amalga oshirgan degan xulosaga keldi. Taxminlarga ko‘ra, bu Rossiyadagi hakerlar guruhining turlicha nomlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:16 / 31.12.2024
AQSh Moliya vazirligi XXRdan kiberhujum haqida xabar berdi
16:05 / 20.12.2024
Ukraina davlat reyestrlari RFdan keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi
16:48 / 24.11.2024
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
14:42 / 20.08.2024