2021 yilgi Haj mavsumi ham xorijiy ziyoratchilarsiz o‘tadi
Saudiya Arabistonida 2021 yilgi Haj mavsumi koronavirus cheklovlari sabab faqat mahalliy fuqarolar va rezidentlar ishtirokida o‘tadi.
Koronavirus pandemiyasi sababli, 2021 yilda Haj ziyoratini faqat Saudiya Arabistoni podshohligi fuqarolari va bu mamlakatda doimiy yashovchi rezidentlar ado etishi mumkin.
Podshohlik hukumati qarori bilan, ziyoratchilar soni jami 60 ming kishi etib belgilandi. Bunda 18 dan 65 yoshgacha bo‘lgan, koronavirusga qarshi emlangan mahalliy fuqarolar va rezidentlar nazarda tutilgan.
Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi.
Islom dini arkonlaridan biri bo‘lgan Haj ibodatlari bu yil 17-22 iyul kunlari ado etiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun haj ziyoratini bekor qilgan, pandemiya sababli 2020 yilda haj ziyorati 10 ming kishi ishtirokidagina o‘tgandi. Ziyoratchilarning 30 foizini saudiyaliklar, 70 foizini esa mamlakatda yashovchi xorijliklar tashkil qilgandi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024