Surxondaryoda xorijiy kompaniyaga tegishli kabellarni o‘g‘irlaganlar ushlandi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida xorijiy kompaniyaga tegishli kabellarni o‘g‘irlaganlar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 may kuni Boysun tumani IIBga ERIELL kompaniyasi xodimi Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, A.Abdullo murojaat qilgan. U o‘z murojaatida tumanning Ko‘lqamish mahallasi hududidan ERIELL kompaniyasiga qarashli 53 643 AQSh dollari qiymatidagi har xil turdagi elektr kabellari o‘g‘irlangani haqida xabar bergan.
Qayd etilishicha, IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘rilikni shu tumanda yashovchi A.Mamayusuf, T.Safarali, T.Doniyor, Sh.Shahzod, T.Bahriddin, B.Shohruz, X.Baxtiyor, X.Sherzod, X.Oybek, X.Faxriddin sodir etgani aniqlanib, ushlangan va ulardan kabellar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mavzuga oid
10:40 / 13.12.2024
Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi
11:42 / 04.12.2024
Finlandiyada kabellar uzilishida jinoiy maqsad aniqlanmadi
17:16 / 03.12.2024
Finlandiyada Shvetsiyadan tortilgan internet-kabelda uzilish sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha tergov boshlandi
22:14 / 19.11.2024