Eren Derdiyo‘qning «Paxtakor»dagi maoshi miqdori ma'lum bo‘ldi
«Paxtakor» hujumchisi Eren Derdiyo‘qning yillik maoshi miqdori 1,3 million yevroni (1,3 mlrd so‘m) tashkil etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qilgan rasmiy ma'lumotda keltirilgan.
Derdiyo‘q «Paxtakor»ning eng yuqori maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi, jamoada bu borada ikkinchi o‘rinda serbiyalik hujumchi Dragan Cheran - uning yillik maoshi 350 ming dollarni tashkil etadi.
Shveytsariyalik ushbu 33 yoshli forvard «Paxtakor» klubiga 2020 yil yanvarida 350 ming yevro evaziga Turkiyaning «Go‘ztepe» klubidan transfer qilingandi.
Derdiyo‘q o‘tgan vaqt mobaynida toshkentliklar jamoasi uchun jami 29 o‘yinda 12 gol urgan (Superliganing o‘tgan mavsumida 22 o‘yinida 9, joriy mavsumida 3 gol).
OChLda natijalarni yaxshilash uchun transfer qilingan ushbu futbolchi bilan jamoa guruh bosqichida qolib ketgan, faqat ichki chempionatda g‘olib bo‘lgandi.
Derdiyo‘q professional faoliyatini 2008 yilda Shveytsariyaning «Bazel» klubida boshlagan, 2009-2012 va 2013-2014 yillarda Germaniyaning «Bayyer» klubida to‘p surgan, 2012-2013 yillarda Bundesliganing boshqa bir vakili «Hoffenhaym» a'zosi bo‘lgan. U 2014 yilda Turkiyaga kelib, 2014-2016 yillarda «Qosimposho», 2016-2019 yillarda «Galatasaroy» klublari sharafini himoya qilgan, joriy mavsum avvalida «Go‘ztepe»ga kelgan va Turkiya Superligasining 5ta uchrashuvida ishtirok etgandi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024