O‘zbekiston | 16:18 / 24.06.2021
10473
1 daqiqa o‘qiladi

XTV nima sababdan 9-sinf bitiruvchilariga shahodatnomalarning nusxasi berilayotganini tushuntirdi

Xalq ta'limi vazirligi nima sababdan 9-sinf bitiruvchilariga shahodatnomalarning asli emas, uning nusxasi berilayotganini tushuntirdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda 11 yillik majburiy ta'lim joriy etilgani sababli, aksariyat 9-sinf o‘quvchilari ta'limni o‘z maktabida davom ettiradi, ularning shahodatnomalarining originali ham maktabda saqlanadi. 

“Agar 9-sinfdan keyin o‘quvchi boshqa maktabga yoki akademik litseyga o‘qishga qabul qilinsa, ushbu o‘qishga kirgan ta'lim muassasasi tomonidan berilgan ma'lumotnoma (talon) asosida shahodatnomaning original nusxasi berib yuboriladi. Bu masalada ota-onalar maktab direktoriga murojaat etishlari mumkin”, deyiladi vazirlik izohida.
 
Qayd etilishicha, 11 yillik majburiy ta'limni tamomlaganidan so‘ng esa bitiruvchilarga attestatlari tantanali ravishda topshiriladi.

Mavzuga oid