Jamiyat | 21:41 / 29.06.2021
3123
1 daqiqa o‘qiladi

G‘ijduvonlik 16 yoshli o‘smir Sho‘rko‘l suv omborida cho‘kib ketdi

Navoiy viloyati Konimex tumanida joylashgan Sho‘rko‘l suv omborida g‘ijduvonlik 16 yoshli o‘smir cho‘kib ketgan. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 iyun kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi 16 yoshli yigit Sho‘rko‘l suv omboriga cho‘milishga borib, suvga cho‘kib ketgan. O‘smirning jasadi bir kundan keyin topilgan.

Qayd etilishicha, o‘smir yigitni kanalning chuqurligi 3-4 metr bo‘lgan qismida suv to‘lqini oqizib ketgan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid