Jamiyat | 11:55 / 29.06.2021
6019
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz muxbiri «Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar» tanlovida g‘olib bo‘ldi

Kun.uz muxbiri Muhabbat Mamirova joriy yilning 28 iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar» tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Tanlov xotin-qizlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ilgari surish, bu sohada mavjud muammolarga qarshi kurashda jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollarining ta'siridan unumli foydalanish maqsadida tashkil etildi.

«Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar» tanlovining g‘oliblari quyidagi nominatsiyalarda taqdirlandi:

«Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan, huquq va kafolatlari yoritilgan eng yaxshi jurnalistik material uchun» nominatsiyasida:

1-o‘rin — Muhabbat Mamirova;

2-o‘rin — Zarnigor Abduvohidova;

3-o‘rin — Norgul Abduraimova.

«Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan, huquq va kafolatlari yoritilgan eng yaxshi blogpost uchun»:

1-o‘rin — Nargis Qosimova;

2-o‘rin — Nurbek Alimov;

3-o‘rin — Barno Sultonova.

«Adliya e'tirofi» nominatsiyasida tadbirkor, o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega jamiyat faoli Zafar Hoshimov g‘olib deb topildi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Mavzuga oid