O‘zbekiston | 09:40 / 29.06.2021
2153
1 daqiqa o‘qiladi

To‘rtko‘lda saksovul chopgan 6 kishi tabiatga qariyb 32 mln so‘m zarar yetkazdi

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Ekologiya va Milliy gvardiya boshqarmalari hamkorligida To‘rtko‘l tumani Miskin nazorat maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 6 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda saksovul chopib olinganligi holati aniqlangan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan jami 11 025 000 so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan 31 899 000 so‘m zararni qoplash uchun da'vo hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Mo‘ynoq hokimi Orolning qurigan tubiga ekilayotgan saksovullar va ularning qay darajada unib chiqayotgani haqida aytgandi.

Mavzuga oid