O‘zbekiston | 09:06 / 03.07.2021
3939
2 daqiqa o‘qiladi

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan xo‘jaobodlik ikki nafar otaga qamoq jazosi tayinlandi

Ular farzandi uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Qarzdorlik yig‘ilib katta summani hosil qilgach hukm o‘qilgan.

Xo‘jaobodlik Yo.N.ga sud qarori bilan G.R. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirilishi belgilandi. Biroq Yo.N. aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan Jalaquduq tuman ma'muriy sudi tomonidan 15 kunlik ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan xulosa chiqarmagan Yo.N. belgilangan jazosini o‘tab bo‘lgandan so‘ng ham alimentdan bo‘lgan qarzdorligini to‘lamay yurgan. Natijada 5 mln 254 ming 236 so‘m aliment qarzdorligi to‘lanmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudi ushbu holat bo‘yicha ishni ko‘rib chiqib, Yo.N.ga nisbatan 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Shuningdek, G.T. foydasiga qarzdor T.A.dan bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun aliment undirish ko‘rsatilgan.

Biroq T.A. alimentdan bo‘lgan qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan. Natijada, aliment qarzdorligi 11 mln 647 ming 492 so‘mni tashkil etgan.

Qarzdor T.A.ning ham ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, unga nisbatan 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid