Sport | 17:20 / 03.07.2021
59244
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev «Jyenoa»ga o‘tishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Toshkentning «Paxtakor» klubi futbolchisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan o‘z kanalida yozdi.

Arustamyanning yozishicha, «Jyenoa» Yo‘ldoshevni o‘z safiga qo‘shib olgach, bir mavsum Shveytsariyaning «Son» jamoasiga ijaraga beradi. Italiyada Yevropa ittifoqiga kirmaydigan mamlakat futbolchilarini qo‘shib olish bilan bog‘liq talablar sabab «Jyenoa» shunday qilishga majbur.

Insayderning yozishicha, «Jyenoa» Eldor Shomurodovni ham o‘z safida qoldirishga qaror qilgan. Jurnalistning ma'lum qilishicha, «Jyenoa»da Shomurodovning transfer narxi yarim yildan keyin yanada ko‘tarilishiga ishonishmoqda.

Ma'lumot uchun, Yo‘ldoshev chap qanot himoyasida harakat qiladi va u «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi bir mavsum «Bunyodkor»da ham ijarada o‘ynagan.

Mavzuga oid