O‘zbekiston | 08:49 / 03.07.2021
3250
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda birinchi marta qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

2021 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi Amfiteatrda qo‘l jangi bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Turnirda yurtimiz sportchilari bilan birga Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon hamda Kamerundan kelgan qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Turnirning tantanali ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov ishtirok etdi. 

Musobaqada 6 ta jang o‘tkazildi. Yakunga ko‘ra, barcha vazn toifasida hamyurtlarimiz g‘alaba qozonishdi:
1)  Nurpeyis Qarlybayev (raqibi ozorbayjonlik Ruslan Mamatov);

2)  Maftuna Quo‘andykova (raqibi rossiyalik Diana Saadullayeva);

3)  Shahboz Tursunov (raqibi rossiyalik Arsen Mutachev);

4)  Olim Normurodov (raqibi ukrainalik Mkrtchan Yevgeniy);

5)  Sherzod Jumanazarov (raqibi kamerunlik Nguyefak Tonleu);

6)  Jahongir Jumayev (raqibi belorussiyalik Yuriy Bubachkin). 

Jang ishtirokchilariga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Murat Kamalov 3 ming, 2 ming va 1 mingAQSh dollari pul mukofotlarini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Nukusda bu kabi xalqaro turnir birinchi marta o‘tkazildi.

Mavzuga oid