DXA eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari amal qilishiga 6 oydan kamroq vaqt qolgani haqida ogohlantirdi
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun 6 oydan kamroq vaqt qolmoqda. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi eslatma bilan chiqdi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabr kuniga qadar belgilangan. Qarorga ko‘ra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2022 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan.
2017 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 iyuniga qadar respublika bo‘yicha 4,6 milliondan ortiq haydovchidan 2,2 million nafari eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirgan.
DXA Toshkent shahar boshqarmasining ma'lum qilishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali milliy haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi. Ayni paytda Toshkent shahrining Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari orqali eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan edi.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga majburiy almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «prava» almashtirish uchun qayta imtihon topshirish talab etilmaydi. Fuqaro haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun doimiy yashash joyidagi davlat xizmatlari markaziga, markazda bunday xizmat mavjud bo‘lmagan hududlarda YHXBning tegishli bo‘linmalariga murojaat qiladi. Bunda pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish talab qilinadi. Eski guvohnomani yangisiga almashtirish uchun BHMning 70 foizi (hozir 171 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Avtomobillarga davlat raqami rasmiylashtirish va haydovchilik guvohnomasi berish soddalashtirilmoqda
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/PXu7VngXmf9dY3KSsGvJRLyRG33EgajS_medium.jpg)
11:26 / 12.02.2025
Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/qBCts6Y4DA6AAb7Posd6tP2PSQ7dgfDe_medium.jpg)
18:37 / 20.01.2025
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Xgj0ZgRyBdf6pRuXmCnc0IRmxuFrXaGm_medium.jpg)
21:59 / 31.10.2024
Toshkentda «prava» olish uchun imtihon narxi oshgani rad etildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/bve0KGhaKB_1FncYCTPuL1PbkEOGqR1O_medium.jpg)
09:57 / 18.08.2024