O‘zbekiston | 09:08 / 14.07.2021
4318
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zini poyezd tagiga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Foto: KUN.UZ

Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi ayol o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 11 iyul kuni soat 22:30 larda Farg‘ona viloyati IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qo‘qon-Buvayda temir yo‘l bekatlari oralig‘i 22-kmda Buvayda tumani, Jilva qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘.Z. o‘zini poyezd ostiga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtida, TXTB PPX xodimi ushlab qolgani ma'lum bo‘lgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqaro O‘. Z. oilaviy janjal tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Shundan so‘ng ushbu fuqaro bilan ota-onasi, mahalla raisi va mahalla faollari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Avvalroq Buvayda tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida voyaga yetmagan fuqaro qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid