Imron Xon Shavkat Mirziyoyevni Pokistonga taklif qildi. Afg‘oniston masalasida mintaqa davlatlari ishtirokida sammit uyushtirilishi mumkin
Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon matbuot anjumanida Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra o‘z fikrlarini bildirdi.
Imron Xon bugungi samimiy mehmondo‘stlikdan mamnunligini bildirdi va ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib o‘tdi.
«Biz o‘zaro hamkorlikda geosiyosatdan geoiqtisodga o‘tadigan davr keldi. Afg‘onistondagi siyosiy va harbiy vaziyat hammamizni o‘ylantiradi. Birodar afg‘on diyorida 40 yildan beri notinchlik hukm surmoqda. Bu masala yechimi faqat muzokaralarda. Buning uchun Afg‘oniston, O‘zbekiston, Pokiston, Tojikiston, Eron, Turkiya kabi davlatlar bu davlatda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qilishlari lozim. Dastlab bu davlatlar tashqi vazirliklari o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirsalar, undan keyin davlat rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazish mumkin.
O‘zbekiston bilan bizni bog‘lab turgan qadimiy rishtalarga kelsak, men yuqorida Bobur Mirzo va uning avlodlariga bo‘lgan hurmatimni izhor qildim. O‘z navbatida O‘zbekistonda Sharqning buyuk shoiri, urdu adabiy tiliga asos solgan mutafakkir Mirzo G‘olibni bu qadar yaxshi bilishlari meni hayratlantirdi», deya Imron Xonning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Imron Xon keyingi uchrashuvni Pokistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi va Shavkat Mirziyoyevni o‘z davlatiga taklif etdi. O‘zbekiston prezidenti bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildirdi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.12.2024
O‘zbekiston Pokistonning "Gvadar" portidan foydalanish imkoniyatini o‘rganyapti
11:16 / 23.12.2024
Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida zararkunanda borligi aniqlandi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024