Xodimlarini yetarli miqdorda emlagan kafe va restoranlarga nisbatan karantin talablarini yumshatish taklif qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Respublika maxsus komissiyasiga aholini emlash ishlarini tezlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tavsiyalar ro‘yxati palata spikeri Nurdinjon Ismoilovning Telegram-kanalida keltirib o‘tildi:
— karantin choralarini, shu jumladan, o‘z xodimlari emlanishini yetarlicha ta'minlagan (jamoaviy immunitetga erishgan), tashrif buyuruvchi mijozlarga nisbatan yetarli talablar o‘rnatilgan holda xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish korxonalariga taalluqli karantin cheklovlarini yengillashtirish, ya'ni cheklangan muddatdan tashqari vaqtlarda ishlashga ruxsat berish amaliyotini joriy qilish;
— o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda emlangan xodimlarni ish beruvchilar tomonidan rag‘batlantirish, emlanishni asossiz ravishda rad etgan xodimlarga nisbatan esa mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni qo‘llash amaliyotini keng joriy etishni targ‘ib qilish;
— emlanganlarga nisbatan imtiyoz olish imkoniyatlarini berish (ish beruvchi tomonidan mehnat faoliyatiga otgul berish, ularni moddiy rag‘batlantirish va boshqalar), asossiz ravishda emlanmagan 18 yoshdan yuqori fuqarolarga ayrim cheklovlar o‘rnatishni (sport o‘yingohlari, konsert, kino va boshqa ommaviy tadbirlarga qo‘ymaslik) joriy etish masalasini ko‘rib chiqish.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyundan boshlab O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish shoxobchalarining 08:00dan 20:00gacha ishlashi tartibi o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
23:48 / 14.12.2024
Gurjistondagi restorandan 12 kishining jasadi topildi
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
12:48 / 21.10.2024
“700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 75 foizida taomnoma o‘zbek tilida emas” – Raqobat qo‘mitasi
23:58 / 11.09.2024