O‘zbekiston | 09:02 / 19.07.2021
2468
2 daqiqa o‘qiladi

169 ta holatda yuridik shaxslarga, 43 ming nafardan ziyod niqobsiz fuqarolarga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

«Karantin-reyd» tadbiri davomida shu kungacha 169 ta holatda yuridik shaxslarga, hamda 43 ming nafardan ziyod niqobsiz fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar  bermoqda.

Tadbir davomida asosiy e'tibor: bozorlarda cheklovlarga rioya qilish, ko‘ngilochar obektlar — restoran, tungi klublar, diskoteka, diskoteka karaoke, bilyard zallari, kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obektlari — kafe, oshxona, choyxonalarni 20:00 dan keyin ish vaqtini tugatilishi ta'minlanishiga qaratilgan.

Tadbir boshidan buyon 169 ta holatda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, umumiy ovqatlanish joylari rahbarlari va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan hamda 43 ming nafardan ziyod niqobsiz yurgan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Avvalroq, 1 hafta ichida 153 nafar haydovchiga spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda avtoulov boshqargani uchun bayonnoma rasmiylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid