O‘zbekiston | 13:42 / 23.07.2021
9507
1 daqiqa o‘qiladi

Xodimlarini to‘liq emlagan kafe va restoranlarga soat 20:00dan keyin ham ishlashiga ruxsat berilishi mumkin 

O‘zbekistonda xodimlarini to‘liq emlagan kafe-restoranlarga 20:00dan keyin ham ishlashlariga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtab a'zosi Botir Qurbonov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z xodimlarining emlanishini yetarlicha ta'minlagan oshxona, kafe, restoranlarga cheklangan muddatdan tashqari ishlashlariga ruxsat berilishi mumkin. 

“Bu degani, agar kafe-restoranlarning jamoasi to‘liq emlangan bo‘lsa, unda ushbu muassasalar ishini soat 20:00dan keyin ham biroz muddatga uzaytirish mumkin bo‘ladi”, dedi Botir Qurbonov.

Ma'lumot uchun, umumiy ovqatlanish obektlari 28 iyundan buyon soat 08:00dan 20:00gacha faoliyat yuritmoqda.

20 iyuldan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00dan 23:00gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishga ruxsat berildi.

Mavzuga oid