Jamiyat | 21:01 / 24.07.2021
12619
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda talonchilar do‘kon sotuvchisini pichoq bilan qo‘rqitib, 4 mln so‘m olib ketishdi

23 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda 4 nafar shaxsning do‘konga kirib, sotuvchiga pichoq tirab, pul mablag‘larini olib chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu voqeaga munosabat bildirdi.

Ma'lum bo‘lishicha, voqea Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. 4 nafar shaxsdan ikki nafari qo‘lga olingan. Qolgan ikki nafar shaxsni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

«23 iyul kuni, taxminan soat 13:55 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 13:15 da 4 nafar noma'lum shaxslar Oltintepa ko‘chasidagi do‘konga kirib, 26 yoshli sotuvchi X.I.ga pichoq bilan tahdid qilib, mobil telefon va 4.000.000 so‘m pulni olib, voqea joyini tark etishgan. 

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.lar ekanliklari ma'lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N.lar qo‘lga olingan. 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.larni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi rasmiy munosabatda.

Mavzuga oid