Samarqand shahrida noqonuniy tarzda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Samarqand shahrida kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.A. va uning sheriklari ushlangan. Ular oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ga jami 1 622 dona kuchli ta'sir qiluvchi «Regapen» nomli dori vositalarini 3 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi
11:25 / 29.09.2024