Jamiyat | 19:17 / 26.07.2021
1920
1 daqiqa o‘qiladi
To‘rtko‘lda rezina ishlab chiqarish sexi yonib ketdi
Bugun ijtimoiy tarmoqda To‘rtko‘l tumanida rezina ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.
Hokimlik axborot xizmati ma'lum qilishicha, To‘rtko‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 26 iyul kuni soat 13:40 da yong‘in bo‘yicha chaqiruv bo‘lgan. Unda aytilishicha, Ullubog‘ ovulidagi Nurli yo‘l aholi punkti 65-uyda yashovchi R.R.ga tegishli rezina ishlab chiqarish sexi yonib ketgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va 14:05 da holat bartaraf etilgan.
Ta'kidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Beruniydagi reklama monitori yonib ketgandi.
Mavzuga oid
16:54 / 29.08.2024
Qoraqalpog‘istonlik 110 yoshli momo “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi
10:25 / 01.03.2024
To‘rtko‘lda sudyaga 10 ming dollar pora bergan advokat qo‘lga olindi
20:01 / 26.02.2023
Qoraqalpog‘istondagi suv toshishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:14 / 14.05.2022