Jahon | 14:41 / 26.07.2021
8545
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaga yaqinlashayotgan tayfun Tokioda kuchli yomg‘ir va shamolga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda

Olimpiada o‘yinlari tashkilotchilari seshanbaga rejalashtirilgan deyarli barcha musobaqalar jadval bo‘yicha o‘tishini ma'lum qildi. Faqat eshkak eshish va kamondan o‘q otish musobaqalari o‘tkazilish muddati ko‘chirilgan. 

Yaponiya shimoli-sharqiga Tinch okeani tomondan "Nepartak" tayfuni yaqinlashmoqda, deb xabar berdi "Kiodo" agentligi.

Sinoptiklarning taxminlariga ko‘ra, tayfun seshanba kuni Yaponiya sohiliga yetib kelishi va kuchli yomg‘ir, shamolga sabab bo‘lishi mumkin.

Sinoptiklar kuchli shamol Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Tokioga ham yetib kelishi mumkinligini aytmoqda.

Olimpiada o‘yinlari tashkilotchilari seshanbaga rejalashtirilgan deyarli barcha musobaqalar jadval bo‘yicha o‘tishini ma'lum qildi. Faqat eshkak eshish va kamondan o‘q otish musobaqalari o‘tkazilish muddati ko‘chirilgan. 

O‘z navbatida, Yaponiya meteorologiya xizmati ko‘chki va suv toshqinlari yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. 

Xabar qilinishicha, "Nepartak" tayfuni Yaponiya tomon soatiga 35 kilometr tezlikda yaqinlashmoqda.

Mavzuga oid