O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiyaga ega davlat sifatida qolmoqda
Global Firepower tahlillariga ko‘ra, joriy yildagi dunyoning eng kuchli armiyalar reytingida O‘zbekiston 140ta mamlakat ichida 51-o‘rinni egallagan. Bu sobiq SSSR davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Belarusdan keyingi to‘rtinchi ko‘rsatkichdir.
Global Firepower tahliliy markazi mavjud bo‘lgan faol harbiy kuchlarning umumiy miqdori bo‘yicha joriy yildagi dunyoning eng kuchli armiyalar reytingini tuzib chiqdi.
Ma'lum qilinishicha, reytingni tuzishda harbiy qudrat va moliyaviy imkoniyatlardan tortib moddiy-texnik resurslar va geografiyaga doir 50 dan ortiq individual omillar hisobga olingan.
Reytingning ilk uchta o‘rnini AQSh, Rossiya va Xitoy egallagan. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Braziliya va Pokiston o‘rin olgan.
O‘zbekiston 2021 yilda Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyaga ega davlat sifatida tan olingan va mintaqa bo‘yicha qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikistonni bu borada ortda qoldirdi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston reytingda 140ta mamlakat ichida 51-o‘rinni egallagan. Bu sobiq SSSR davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Belarusdan keyingi to‘rtinchi ko‘rsatkichdir.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston 61-o‘rinda, Turkmaniston 86-o‘rinda, Qirg‘iziston 93-o‘rinda, Tojikiston 99-o‘rinda qayd qilingan.
Ma'lumot uchun, ushbu reytingda O‘zbekiston 2019 yil natijalariga ko‘ra, 137ta o‘rindan 48-o‘rinni, 2020 yil natijalariga ko‘ra esa 138ta o‘rindan 52-o‘rinni egallagandi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
18:10 / 24.12.2024
O‘zbekiston armiyasi uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish va ularga qarshi kurashishni mashq qilmoqda
16:51 / 12.12.2024
Amerikalik tahlilchilar Trampga Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qildi
18:38 / 11.12.2024