Jahon | 23:55 / 28.07.2021
10749
2 daqiqa o‘qiladi

Makron uni Hitler qiyofasida tasvirlagan shaxsni sudga berdi

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning advokatlari prezident Adolf Hitler qiyofasida tasvirlangan plakatlar muallifi Mishel-Anj Flori ustidan sudga shikoyat qilishdi. Makronning Hitler qiyofasida montaj qilingan surati o‘tgan hafta Tulon shahri va La-Sen-syur-Mer kommunasidagi reklama shitlarida paydo bo‘lgan.

Foto: Facebook/Michel-ange Flori

Reklama shitidagi plakatda Hitler qiyofasidagi Makron hamda “Bo‘ysun va emlan” degan yozuv bo‘lgan.

Tulon prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan ish qo‘zg‘atgan. Uni tergov qilish bilan shahar politsiyasining xavfsizlik xizmati shug‘ullanmoqda. Tasvir muallifiga nisbatan tuhmat qilish ayblovi bo‘yicha ish olib borilmoqda. Var-Matin nashri ma'lumotlariga ko‘ra, karikatura muallifi mahalliy faol Mishel-Anj Flori bo‘lib, u shunday aksiyalarni uyushtirishi bilan tanilgan. U shu yo‘l bilan Fransiyada kiritilgan sanitar ruxsatnomalar va tibbiy xodimlarning majburiy emlanishi ustidan kinoya qilmoqchi bo‘lgan.

Fransiyaning bir qator shaharlarida 17 va 24 iyul kunlari sanitar ruxsatnomalar kiritilishi va tibbiy xodimlar majburiy emlanishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga oid