Voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazlariga qarovsiz bolalar shaxsini aniqlash vazifasi yuklandi
“Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Markazlar, jumladan, qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlab, ularning o‘qishi va xulq-atvori, oilasidagi muhitini hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi.
2021 yil 1 sentyabrdan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta'lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan – xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan – oilalarda qarovsiz bolalar aniqlanadi.
Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi.
Profilaktika inspektori bola qarovsiz qolganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, tegishli tartibda bolani Markazga qabul qilish haqida yo‘llanma tayyorlanadi.
Shunga ko‘ra, Markaz xodimlari 5 soat ichida bolani qabul qilib oladi va Markazga joylashtiradi. Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi. Bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiriladi.
Markaz yo‘llanmasiga ko‘ra, bola tegishli ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasiga sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. O‘qish xarajatlari respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Professional yoki OTMga o‘qishga kirish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bola 1 oy ichida hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi.
2021 yil 1 noyabrgacha “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024