Surxondaryoda pnevmatik to‘pponcha bilan restoran rahbariga tahdid qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida pnevmatik to‘pponcha bilan restoran rahbariga tahdid qilgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ulardan biri ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Sariosiyo tumani S.Sheroziy mahallasida yashovchi K. Shavkatjon sheriklari B.Farrux, M.Muhammad va U.Ma'rufjon bilan bir guruhga birlashib, bezorilik qilish maqsadida 2021 yil 5 avgust kuni soat 23:30 larda Uzun tumani O‘zbekiston mahallasida joylashgan fuqaro A.Aliga tegishli bo‘lgan “Ming bir kecha” restoraniga borgan.
Restoranda K.Shavkatjon jamoat tartibini buzgan holda uning egasi A.Qahramon bilan o‘zaro tortishib, o‘zi bilan olib yurgan «Makarov» to‘pponchasiga o‘xshash pnevmatik qurol bilan tahdid qilgan. So‘ng ushbu quroldan bir necha marotaba osmonga qaratib o‘q otib bezorilik jinoyatini qasddan sodir etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan, tezkor-tergov harakatlari davomida K.Shavkatjondan 1 dona pnevmatik qurol kelgusida tekshirib ko‘rish va jinoyat ishiga dalil sifatida qo‘shish uchun xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Bundan tashqari, Uzun tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni fuqaro K.Shavkatjon va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shu kunning o‘zida gumon qilinuvchi K.Shavkatjon Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirgi kunda, Uzun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib bormoqda.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024